AsosiyJinoyat

Uchqo`rg`onda valyutafurushlar yana qo`lga olindi

'Uchqo`rg`onda valyutafurushlar yana qo`lga olindi'ning rasmi

Namangan viloyati, Uchqo`rg`on tumanida 1960 yilda tug`ilgan D.J. turli qilmishlari uchun bir necha marotaba sudning qora kursisiga o`tirganiga qaramay, yana bir marta «hassasini yo`qotdi», deb yozadi O`zA.

Jinoiy sheriklari V.N. va T.O. bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, valyutafurushlikka qo`l urdi. 3,5 ming dollarni Uchqo`rg`on tumanidagi xonadonlardan birida fuqaro M.D. ga 29 million 780 ming so`mga sotayotganida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Jinoyat ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumani sudi majlisida qilmishlariga iqror bo`lib, qonundan engillik so`ragan sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 177-moddasi, 2-qismi «v» bandi bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan eng kam oylik ish haqining 20 barobari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar