AsosiyJamiyat

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Avtotest Report» MChJ bo`yicha qaror chiqardi

'O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Avtotest Report» MChJ bo`yicha qaror chiqardi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritildi.

Unga ko`ra, Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko`rikdan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom 22-bandining ettinchi xatboshidagi «Avtotest Report» MChJ o`quv kompleksining» so`zlari chiqarib tashlandi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 24 dekabrdagi 370-son qarori (O`zbekiston Respublikasi QT, 2015 y., 12-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Yo`l harakati qoidalari 7-bandining ettinchi xatboshidagi «Avtotest Report» MChJ o`quv kompleksining» so`zlari chiqarib tashlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 apreldagi «O`zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida ta`lim jarayonini takomillashtirish va o`qitishning zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorining 2-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi, 4-band o`z kuchini yo`qotdi.

Vazirlar Mahkamasining «Innovasion o`qitish uslublarini joriy etish yo`li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida»gi qarorining 2-band o`z kuchini yo`qotdi.

Biz qarordagi ayrim o`zgarish va qo`shimchalar haqida to`xtaldik. Qarorga bu kabi ko`plab o`zgarishlar kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar