O`zbekiston elchixonasi va Qozog`istondagi mutasaddi organlar bilan hamkorlikda 2018 yil 26 fevralga o`tar kechasi Aqto`be viloyatidagi YTHda jabrlangan o`zbekistonliklarga amaliy yordam ko`rsatish bo`yicha tegishli tadbirlar tashkillashtirildi, deb xabar berdi "Jahon" AA.
"Ayni vaqtda 25 nafar o`zbek fuqarolariga — avariyaga uchragan avtobus yo`lovchilariga vatanga qaytish bo`yicha ko`mak berildi, yana 7 nafar jabrlanganlar Xromtau shahridagi markaziy tuman kasalxonasidan chiqarildi, ularning sog`lig`i qoniqarli deya baholanmoqda", — deyilgan xabarda.
Ilgariroq Qozog`istonning Aqto`be viloyatida avtobus ag`anashi oqibatida O`zbekistonning etti nafar fuqarosi jarohatlangani haqida xabar bergan edik. YTH Samara-Shimkent trassasida yuz bergan. Janubiy-Qozog`istondan bo`lgan 35 yashar haydovchi boshqaruvida bo`lgan Mercedes avtobusi yo`ldan chiqib ketgan va so`ngra ag`darilgan.






