Malayziyaning yo`qolgan Boeing samolyoti harbiylar tomonidan urib tushirilganligi tahmin qilindi

Dunyo 19.05.2014, 11:15
Malayziyaning yo`qolgan Boeing samolyoti harbiylar tomonidan urib tushirilganligi tahmin qilindi

Mart oyida Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegishli laynerning yo`qolishining yangi talqini tahmin qilindi.  

Fantast yozuvchi Naydjel Kourson o`zining Reys 370 haqidagi kitobida AQSh va Tailand harbiylari o`quv mashg`ulotlari davomida uni urib yuborganliklarini yozdi. Koursonning aytishicha, shu tufayli qidiruv ishlari ataylab noto`g`ri yo`nalish tomon o`zgartirilgan. 
Yo`qolgan layner yo`lovchilarining yaqinlari esa bu tahminni tanqid qilishdi. Ular yozuvchining samolyot haqida hech qanday ma`lumotga ega bo`lmay turib, kitob yozganini noo`rin deya baholashdi.    

Eslatib o`tamiz, 8 mart kuni Malayziya aviakompaniyasiga qarashli bo`lgan samolyot parvozga chiqqanidan ikki soat o`tgach, sirli tarzda g`oyib bo`lgan. Boeing bortida 14 mamlakatdan 239 kishi bo`lgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1