1

Samarqandda avtomobil raqamlarini o`g`irlaydigan firibgar qo`lga olindi

Jinoyat 01.03.2018, 15:15
Samarqandda avtomobil raqamlarini o`g`irlaydigan firibgar qo`lga olindi

Samarqandda avtomobil raqamlarini o`g`irlaydigan firibgar qo`lga olindi, u turizm kolleji talabasi ekanligi aniqlandi, deb xabar qildi STV nashri.

Firibgar noqonuniy harakatlarni amalga oshirar ekan, har safar mashinalar yonida xat qoldirgan. Unda avtomobil egasidan elektron hisobga pul o`tkazish talabi bayon etilardi. Firibgar o`z o`g`irliklarini 5 AQSh dollariga baholagan.

Davlat organlari ma`lumotlariga ko`ra, Turizm kollejining "Mehmonxona va restoran biznesi" fakultetining ikkinchi bosqich o`quvchisi asosan "qimmat" raqamlarni o`g`irlash bilan shug`ullangan. Videokuzatuv kameralari tomonidan o`g`irlik sodir etilgan vaqt aniq qayd etilgan, jinoyat asosan yarim kechadan o`tganda amalga oshirilgan.

Qo`lga olingan firibgar tergov jarayonida o`g`irliklarni bechora etimlarga yordam berish uchun amalga oshirganini aytgan.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1