1

Toshkentda xalqaro qidiruvda bo`lgan tojikistonlik ​jinoyatchi qo`lga olindi

Jinoyat 01.03.2018, 15:37
Toshkentda xalqaro qidiruvda bo`lgan tojikistonlik ​jinoyatchi qo`lga olindi

O`zbekiston va Tojikiston ichki ishlar vazirliklarining giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashash doirasida amalga oshirgan birgalikdagi sa`y-harakatlari natijasida 2018 yil 26 fevral kuni Toshkent shahrida Tojikiston fuqarosi Hamid Vohidov qo`lga olingan. Bu haqda “ASIA-Plus” xabar berdi.

U Tojikistonda sotish maqsadida giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylantirishda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo`lgan.

Qo`lga olingan fuqaro endilikda u Tojikistonga qaytarildi, deya xabar bergan Tojikiston IIV matbuot markazi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1