1

Buxoroda “Damas” avtomashinalaridan o`g`rilik sodir qilgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 05.03.2018, 19:59
Buxoroda “Damas” avtomashinalaridan o`g`rilik sodir qilgan  shaxs qo`lga olindi

Buxoroda “Damas” avtomashinalaridan o`g`rilik sodir qilgan 2-guruh nogironi qo`lga olindi.

Buxoro shahar, M.Payraviy ko`chasi, 54-uyda yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan, 2-guruh nogironi Islamov Shahbozbek Shuhratovich qarovsiz qoldirilgan avtomashinalarni tunashda anchagina tajriba orttirganlardan.

U Buxoro shahar, A.Aleyxum ko`chasi, 4-uyda yashovchi, 1965 yilda tug`ilgan Sulaymon Sadullaevga tegishli bo`lgan, Abu Hafs Kabir masjidi yonida turgan “Damas” rusumli avtomashinaning orqa tomon oynasini rezinadan ajratib olib, old tomon yo`lovchi eshigini ochib, o`rindiqda turgan 1.600.000 so`m miqdordagi naqd pullarini o`g`irlab ketganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Islamovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. “Chapdast” yigitning kar va soqovligi tufayli, uning bilan olib borilayotgan tergov harakatlari mutaxassis yordamida amalga oshirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1