AsosiyJamiyat

Sergelida xonadon eshigi oldidan yangi tug`ilgan chaqaloq topildi

'Sergelida xonadon eshigi oldidan yangi tug`ilgan chaqaloq topildi'ning rasmi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida xonadon eshigi oldiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

IIBga joriy yilning 5 mart kuni fuqaro N.S soat 20.25 larda Sergeli tumani 4-daha 6-uy 6-xonadon eshigi tagidan yangi tug`ilgan sog`lom qiz bola chaqaloq tashlab ketilgani haqida xabar berdi.

Chaqaloq shifoxonaga yotqizildi va uning onasini aniqlash choralari ko`rildi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar