AsosiyJamiyat

Prezident 28 nafar iqtidorli qizni Zulfiya mukofoti bilan taqdirladi

'Prezident 28 nafar iqtidorli qizni Zulfiya mukofoti bilan taqdirladi'ning rasmi

7 mart kuni Shavkat Mirziyoevning «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to`g`risida»gi qarori bilan bir guruh iqtidorli qizlar Zulfiya nomli davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Qaror 2 mart kuni imzolangan edi. O`zA mukofotlanganlar ro`yxatini keltirdi.

Jullibaeva Shahodat Kuralbay qizi — Nukus davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;

Utemuratova Nargiza Alievna — Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus madaniyat va san`at kollejining 2-bosqich o`quvchisi;

Ahmedova Dilrabo Obid qizi — Andijon davlat universitetining 1-bosqich talabasi;

Obidjonova E`zoza Akmaljon qizi — Andijon viloyati Marhamat qishloq va suv xo`jaligi kasb-hunar kollejining 1-bosqich o`quvchisi;

Baxshilloeva Gulchiroy Baxtiyor qizi — Buxoro san`at kollejining 2-bosqich o`quvchisi;

Bozorova Safiya Safar qizi — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 21-umumiy o`rta ta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi;

Abdullaeva Visola Ubaydulla qizi — Jizzax transport va aloqa kasb-hunar kollejining 2-bosqich o`quvchisi;

Shokirova Aziza Ilhom qizi — O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jizzax akademik liseyi 2-bosqich o`quvchisi;

Neymatova Yulduz Qosim qizi — Qashqadaryo viloyati Kitob iqtisodiyot va xizmat ko`rsatish kasb-hunar kollejining 3-bosqich o`quvchisi;

Chorieva Malika Shuhratovna — Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 59-umumiy o`rta ta`lim maktabining 10-sinf o`quvchisi;

A`zamova Munisa Akram qizi — O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich talabasi (Navoiy viloyati);

Mannonova Mahliyo Hafiz qizi — Navoiy viloyati Uchquduq tumani bolalar va o`smirlar sport maktabining dzyudo bo`yicha murabbiyi;

Yoqubjonova Shahnoza To`lqinjon qizi — Namangan san`at kollejining 3-bosqich o`quvchisi;

Sayfiddinova Mushtariybegim Faxriddin qizi — Namangan davlat universitetining 1-bosqich talabasi;

Samatboeva Maftuna To`lqinjon qizi — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi akademik liseyning 3-bosqich o`quvchisi;

Yaxshiliqova Ra`no Ilhomiddin qizi — Samarqand viloyati Qo`shrabot qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejining 3-bosqich o`quvchisi;

Isoqova Gulchiroy O`ktam qizi — O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);

Mamirova Madinabonu Erkin qizi — Sirdaryo viloyati Guliston san`at kollejining 2-bosqich o`quvchisi;

Sahieva Matluba Toshpo`lat qizi — O`zbekiston yoshlar ittifoqining Surxondaryo viloyati kengashi qoshidagi «Salomatlik va ekologiya» markazi rahbari;

Shaymardonova Muxlisa Usmonovna — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining 8-sinf o`quvchisi;

Karimova Muxtasar Dilshod qizi — Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining 9-sinf o`quvchisi;

Umirzoqova Iroda Abdigapbar qizi — Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining 8-sinf o`quvchisi;

Jo`raeva Sevara Murotjonovna — V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining 10-sinf o`quvchisi (Farg`ona viloyati);

Ermatova Zulayho Rustamjon qizi — Farg`ona politexnika institutining 2-bosqich talabasi;

Abdikarimova Zuhra Bahromovna — Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi;

Yusupova Shohida Umidjon qizi — Xorazm viloyati Yangibozor pedagogika va sport kollejining 3-bosqich o`quvchisi;

Abdullaeva Inoyatxon Bunyod qizi — V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik liseyining 3-bosqich o`quvchisi;

Abdusattorova Bahora Fazliddinovna – O`zbekiston Milliy universitetining 1-bosqich talabasi.

    Boshqa yangiliklar