IIBB rahbariyati ko`rsatmasi bilan Toshkent shahridagi barcha 453 ta tayanch punkti ertalabki soat 8:00dan kechki 01:00 gacha faoliyat yuritishi belgilandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma`lum qildi.
Tayanch punktlarida fuqarolar profilaktika inspektorlari yoki ular yo`qligida mahalla faollari tomonidan qabul qilinadi.
Tumanlardagi muvofiqlashtirish boshqarmalari hamda joylardagi ichki ishlar bo`limlarida sutka mobaynida ish tashkil etilgan. Tayanch punktlari faoliyati bo`yicha taklif yoki shikoyat bo`lgan taqdirda 1102 yoki 102 qisqa raqamlariga qo`ng`iroq qilish mumkin.






