Kosonsoy tumanining Go`rmiron mahallasida yashovchi nogiron Yulduzoy Doniyorova uchun 2017 yil quvonchli voqealarga boy bo`lgandi. Bu haqda Namangan Today xabar bermoqda.
O`tgan yili unga namunaviy uylardan birining kaliti topshirildi. Kasanachi sifatida uy mehnati bilan shug`ullanishi uchun tikuv mashinasi berildi. Qolaversa, Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasiga aylandi.
Bugun esa ushbu xonadonda yana katta shodiyona: Prezident Shavkat Mirziyoev bayram munosabati bilan Yulduzoy Doniyorovaga bayram tabrigi yubordi. Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tabrikni egasiga etkazdi va uning quvonchiga sherik bo`ldi.








