Bugun Respublika Adliya vazirligidanavbatdagi matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda qonunchilikdagi so`nggi yangiliklarning mazmun-mohiyati xususida axborot berildi.
Jumladan, Jinoyat va Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslarga Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo`rqitish bo`yicha alohida modda kiritildi. Shu o`rinda anjuman ishtirokchilarining e`tiborimazkur Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 99-moddasiga kiritilgan o`zgartishlarga qaratildi. Unga ko`ra, mazkur modda “Voyaga etmagan bolalar ta`minoti uchun alimentlar bola voyaga etguniga qadar bo`lgan davr uchun, shu jumladan ko`chmas yoki ko`char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yo`li bilan oldindan to`lanishi mumkin” ekanligi to`g`risidagi qism bilan to`ldirildi.






