AsosiyJamiyat

“So`g`diyona” o`rnida innovasion bog` bo`ladi

'“So`g`diyona” o`rnida innovasion bog` bo`ladi'ning rasmi

Samarqand shahar hokimi F.Rahimovning ma`lum qilishicha, viloyat hokimining joriy yil 23 fevraldagi qaroriga ko`ra, “So`g`diyona” bog`i o`rnida zamonaviy innovasion istirohat bog`i tashkil etiladi.

6,3 gektar maydonni egallagan hududda karting klubi, muz ustida uchish bo`yicha “Muz saroyi”, sayyohlar uchun zamonaviy mehmonxona, restoran va boshqa ko`ngilochar maskanlar bunyod etiladi. Yangi attraksion va o`yin qurilmalari o`rnatiladi.

Joriy yilning sentyabr oyiga qadar foydalanishga topshirilishi ko`zda tutilgan ob`ekt nafaqat mahalliy aholi, balki Samarqandga keladigan xorijlik sayyohlar uchun muhim turistik maskan bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar