Tan jarohati etkazib, uyga o`t qo`yga jinoyatchilar qo`lga olindi

Jinoyat 10.03.2018, 09:36
Tan jarohati etkazib, uyga o`t qo`yga jinoyatchilar qo`lga olindi

Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida 2018 yil 3 mart kuni Binokor mahallasi Guliston ko`chasi 1-uyda yashagan, 1958 yilda tug`ilgan V.Sapsayning uyida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.

Yong`in oqibatida uyining shift qismi yonib zarar ko`rgan va yong`in o`chirish vaqtida uy egasi V.Sapsay boshidagi jarohatlari bilan behush holda topilib, kasalxonaga keltirilganida vafot etgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xovos tumani Tinchlik MFY Bodomzor ko`chasi 15-uyda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1965 yilda tug`ilgan Q.Sherbo`taev va Yangier shahar Obod yurt MFY Navbahor ko`chasi 6-uy 2-xonada ro`yxatda turuvchi, 1966 yilda tug`ilgan O.Boykolar sodir etganliklari aniqlanib qo`lga olinganlar.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1