AsosiyJinoyat
3391

Surxondaryoda jinoyatchi qo`lga olindi

'Surxondaryoda jinoyatchi qo`lga olindi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanining Sebzor mahallasida yashagan 36 yoshdagi Soli Azabov (ism-sharif shartli) 2009 yil aprel oyida Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib ketgan. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Qidiruvga berilgan bu shaxsning izi 9 yildan buyon topilmayotgan edi. U Tojikistondan mamlakat hududiga kirayotgan vaqtda aniqlanib, ushlandi.

Ayni paytda ushbu ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar