AsosiyJamiyat

Urush faxriysiga Prezident sovg`asi, nabirasiga esa «Do`stlik» ordeni topshirildi

'Urush faxriysiga Prezident sovg`asi, nabirasiga esa «Do`stlik» ordeni topshirildi'ning rasmi

Namangan shahrida yashovchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sergey Kryukovga Prezident sovg`asi — Matiz avtomobili topshirildi. Bu haqda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

Sergey Aleksandrovichning nabirasi Antonina Iplina — O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a`zosi. O`zi ijod qilish bilan birga o`zbek shoirlarining she`rlarini ingliz tiliga tarjima ham qiladi.

Antonina Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan davlat rahbari farmoniga muvofiq «Do`stlik» ordeni bilan taqdirlandi.



    Boshqa yangiliklar