Ushbu hafta respublika bo`ylab havo haroratining keskin pasayiishi kutilmoqda.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, 14 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-14 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, 12-13 martda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 13-14 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, 12-13 martda ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, Harorat 12-14 martda kechasi 1-6 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, Navoiy viloyatining shimolida 13-14 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, 13-14 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 12-15 martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.
Andijon, Namangan va Farg`ona viloyati. Havo o`zgarib turadi, 14 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbdan esayotgan shamol o`z yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-14 martda kechasi 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq o`rtasida bo`ladi.






