Yuqumli kasalliklarni oldini olish, tibbiy ko`riklarni jadallashtirish, aniqlangan bemorlarni o`z vaqtida hisobga olish va sog`lomlashtirish ishlarini to`liq amalga oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Sergeli tumanida “Daryo bo`yi” mahallasining aholisi tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.
Tibbiy ko`rik Xalk deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati Farhod Abdullaev Xalk deputatlari Sergeli tuman kengashi deputati Mirlaziz Saidov hamda O`zbekiston “Adolat” SDP Sergeli tuman kengashining so`roviga Toshkent shahar Sog`liqni saqlash boshqarmasining tezkor amaliy javobi sifatida tashkil etildi.
Deputat va shifokorlarning hamkorligi natijasida Sergeli tuman MKTP “Bahor” filialiga harakatdagi “ProSkan-2000” raqamli flyurografiya mashinasida aholini flyuroko`rikdan o`tkazilishi ta`minlandi.
Aytish joizki, tibbiy mazkur ko`rikda mahallaning yuzdan ortiq aholisi o`z salomatligini tekshiruvdan o`tkazishga muvaffaq bo`ldi.






