1

Afg`oniston fuqarosi 20 kg dan ziyodroq opiyni sotayotgan vaqtda qo`lga olindi

Jinoyat 13.03.2018, 13:23
Afg`oniston fuqarosi 20 kg dan ziyodroq opiyni sotayotgan vaqtda qo`lga olindi

10 mart kuni Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Afg`oniston fuqarosi Muhammadsodiq Ro`zigeldi o`g`li (1983 yilda tug`ilgan) 20 kg 342 gr opiyni sotayotgan vaqtda qo`lga olindi.

Olib qo`yilgan giyohvandlik moddasi qo`shni Afg`onistondan kontrabanda yo`li bilan olib o`tgan, deya xabar qildi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Keng qamrovli tezkor-qidiruv tadbiri IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi tomonidan Milliy gvardiya va MXX Chegara qo`shinlari hamkorligida o`tkazildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1