AsosiyJamiyat

Bolalar bog`chalari xodimlariga qancha haq to`lanadi?

'Bolalar bog`chalari xodimlariga qancha haq to`lanadi?'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining 6.03.2018 yildagi 180-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta`lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to`lash va ularni moddiy rag`batlantirish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritildi.

Eslatib o`tamiz, Prezidentning 28.02.2018 yildagi PQ–3571-son qarori bilan maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlarining ish haqini 2 bosqichda: joriy yilning 1 martidan va 1 sentyabridan oshirish nazarda tutilgan.

Norma’ning yozishicha, ish haqi oshirilishini hisobga olgan holda, 1.03.2018 yildan MTM mudiri va xodimlarining mehnatiga haq to`lash bazaviy tarif stavkalari quyidagicha:

Lavozim nomi

Bazaviy tarif stavkasi miqdori (so`m)

oliy

malaka

toifali

birinchi malaka toifali

ikkinchi malaka toifali

oliy ma`lumotli

o`rta maxsus

(kasb-hunar)

ma`lumotli

Til bo`yicha o`qituvchi, o`qituvchi-logoped, o`qituvchi-defektolog

1 169 857

1 090 244

1 013 420

939 660

868 863

Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi, psixolog

1 090 244

1 013 420

939 660

868 863

802 296

Musiqa rahbari

959 397

882 590

808 840

738 464

671 538

Tarbiyachining yordamchisi, shu jumladan umumiy o`rta ma`lumotlilari

610 164

Mudir

9 ta va undan ortiq guruhlari mavjud MTMlar

8 tagacha guruhlari mavjud MTMlar

1 169 857

1 090 244








Endi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat MTMlarining tarbiyachilarining yordamchilariga bazaviy tarif stavkasiga 50% miqdorida qo`shimcha haq to`lanadi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 7.03.2018 yildan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar