Behzod Musaev yana Davlat soliq qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. Bu haqdagi ma`lumot qo`mita saytida keltirildi.
Ushbu lavozimda 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan Abdusalom Yo`ldoshev ishlab kelayotgan edi.
Bungacha Behzod Musaev Hisob palatasi raisi, 2010-2011 yillarda Davlat soliq qo`mitasi raisining o`rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.






