Endi o`qituvchilar, abiturientlar va ota-onalar 2018 yilda oliy ta`lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarini o`tkazish uchun har bir umumta`lim fani bo`yicha uning mazmuni tarkibi va abiturientlar tayyorgarligi darajasiga qo`yiladigan talablar kodifikatori, test topshiriqlarining tafsilotlari hamda mazkur tafsilotlar asosida ishlab chiqilgan test topshiriqlari namunalari bilan tanishishlari mumkin. Bu haqda Davlat test markazi axborot xizmati ma`lum qiladi.
Taqdim etilayotgan test topshiriqlarining namunaviy variantlari tasdiqlangan talablar kodifikatori va test topshiriqlari tafsilotlari asosida tayyorlangan bo`lib, abiturientlarga, ularning ustozlari va keng jamoatchilikka umumta`lim fanlari bo`yicha bo`lg`usi imtihonning shakli, mazmuni, murakkablik darajasini namoyish qilish uchun mo`ljallangan.
Kirish imtihonlarining test topshiriqlari namunasi mazkur havolada keltirilgan.
14.03.2018 07:42
DTM imtihonlarning test savollari namunalarini e`lon qildi






