AsosiyJinoyat
3352

Majburiy ijro byurosining 121 nafar xodimiga nisbatan qarshilik ko`rsatgan qarzdorlarga qonuniy choralar ko`rildi

'Majburiy ijro byurosining 121 nafar xodimiga nisbatan qarshilik ko`rsatgan qarzdorlarga qonuniy choralar ko`rildi'ning rasmi

10 oy mobaynida Majburiy ijro byurosining faoliyatida davlat inspektorlariga 121 marotaba qarshilik ko`rsatilgani qayd etildi.

Mazkur faktlar yuzasidan 56 ta jinoiy ish qo`zg`atilgan, 20 nafar tan jarohati etkazgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Masalan, Samarqand viloyati Bulung`ur tumanida yashovchi Baxtiyor Eshmatovga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilib, oylik maoshidan 10 % ushlash va shartli ravishda axloq tuzatish ishlariga jalb etish jazosi qo`llangan.

U elektr energiyasi uchun 7,5 million so`m qarz bo`lgan holda, xonadonini elektr tarmog`idan uzgan MIB xodimini haqorat qilib, kaltaklagan.

Mazkur holat Namangan viloyatining Norin tumanida ham takrorlangan. Bu erda ham fuqaro Nodir Azizov uzoq vaqt mobaynida elektr energiyasi uchun haq to`lamagan va MIB xodimining talabiga bo`ysunmay, unga qarindoshlari bilan birga hujum qilgan va ayovsiz kaltaklagan. Oqibatda MIB xodimi kasalxonaga yotqizilgan, Nodir Azizovga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

Joriy yilning 17 fevral kuni shunday holat yana takrorlangan. Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida MIB xodimi Isomiddin To`laganov pichoqlangan holda kasalxonaga keltirilgan. U xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda savdo do`koni elektr tarmog`iga noqonuniy ravishda ulanganligini aniqlagan. I.To`laganov aniqlangan holat yuzasidan dalolatnoma tuzgan, bundan norozi bo`lgan do`kon egasi janjal ko`tarib, unga pichoq sanchgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar