O`zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi sobiq bosh prokuror R.Qodirovga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha uning yaqin kishilaridan biri bo`lgan Farhod Mamajonov ushlanib, uning mol-mulklari qo`yilgani haqida OAVda tarqalgan xabarlarni rad etdi.
«Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasi sobiq bosh prokurori R.Qodirovga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha F.Mamajonov ushlanganligi va uning mol-mulklari olib qo`yilganligi to`g`risida xabar tarqatilgan. Bosh prokuratura ushbu ma`lumot haqiqatga muvofiq emasligini ma`lum qiladi», deyilgan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabarida.
O`zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirov 24 fevral kuni qo`lga olingandi. Uning ustidan Jinoyat Kodeksining 165, 205 va 210-moddalari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






