1

Guloyim boshchiligida 40 qiz yashagan qal`a rekonstruksiya qilinmoqda (foto)

Moziydan sado 15.03.2018, 15:47
Guloyim boshchiligida 40 qiz yashagan qal`a rekonstruksiya qilinmoqda (foto)

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Qirq qiz qal`asi XIV-XV asrlarga oid yodgorlik bo`lib, xalq orasida uning kelib chiqishi va tarixi bilan bog`liq ko`plab afsona va rivoyatlar tarqalgan.

Ba`zi ma`lumotlarda keltirilishicha ushbu qal`ada o`z erlarini talonchi ko`chmanchilardan himoya qilgan Guloyim boshchiligidagi 40 qiz yashagan.

Bino to`rtburchak shaklda bo`lib, o`rtasida kvadrat shaklidagi hovlisi va uning 50 ga yaqin xonalari mavjud. To`rt bo`limli imoratning har bo`limda ikki qavatli to`g`ri burchakli xonalar va dahlizlar, o`rtada esa mehmonxona bo`lgan. Imoratning old tomonidagi devori naqshsiz, silliq qilib ishlangan. O`ziga xos mohirona qurilishi orqali go`zalikka va hashamdorlikka ega bino oradan garchi ko`p asrlik vaqt o`tgan bo`lsada o`z jozibasini yo`qotmagan.

Ajdodlarimizdan meros Qirq qiz yodgorligini asrab-avaylash maqsadida hozirda mazkur ob`ektda rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda, deb yozadi O`zA.

2.jpg

4.jpg

5 (1).jpg

6 (1).jpg

7 (1).jpg

8 (1).jpg

9 (1).jpg

10.jpg

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1