AsosiyJamiyat

Qirg`iziston bilan chegarada 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlar kontrabandasi to`xtatib qolindi

'Qirg`iziston bilan chegarada 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlar kontrabandasi to`xtatib qolindi  'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Qirg`iziston bilan chegara oldida 210 ming dollarlik tilla taqinchoqlar kontrabandasini to`xtatib qolishdi, deb xabar qildi DXX axborot markazi.

Berilgan ma`lumotlariga ko`ra, Namangan viloyatida Qirg`iziston chegarasi oldida o`tkazilgan maxsus tadbir davomida og`irligi 8,83 kilogramm bo`lgan tilla taqinchoqlar to`xtatib qolingani aniqlangan.

"Ekspert xulosasiga ko`ra, xorijda ishlab chiqarilgan tilla buyumlari tilla bozorida katta talabga ega. Respublikaga olib kirilgan buyumlarning o`rtacha bozor qiymati 1,7 million so`mni (210 ming dollarga yaqin) tashkil qiladi", — deyilgan xabarda.

Ushbu jinoyatga aloqador shaxslarni aniqlash bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar