AsosiyJamiyat

Qozog`iston poytaxtida o`zbekning buyuk shoiriga yodgorlik o`rnatiladi

'Qozog`iston poytaxtida o`zbekning buyuk shoiriga yodgorlik o`rnatiladi'ning rasmi

Qozog`istonda O`zbekiston yilining ochilishiga bag`ishlangan tantanali marosimda Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboev Ostona shahrida Alisher Navoiyning haykali o`rnatilishini ma`lum qildi, deb xabar beradi “Kazinform” xalqaro axborot agentligi.

“Mamlakatimizda O`zbekiston yili ochilishi munosabati bilan barchani yana bir bor tabriklayman. Ushbu shodiyona ahilligimiz, ma`naviy birligimiz, ko`p asrlik do`stligimizni yanada kengaytirishga xizmat qilsin. Shu maqsadda biz Alisher Navoiyga Ostonada yodgorlik o`rnatishga qaror qildik. Toshkentda esa buyuk Abay haykali qad rostlagan”, degan davlat rahbari N.Nazarboev.

Shuningdek, Qozog`iston Prezidenti ikki davlat o`rtasidagi samimiy munosabatlar va ishonchli hamkorlik jahonda Qozog`iston va O`zbekistonning global raqobatbardoshligini mustahkamlashiga ishonchi komilligini ta`kidlagan.

    Boshqa yangiliklar