AsosiyJamiyat

“Turkish Airlines” aviakompaniyasi “Istanbul — Samarqand —Istanbul” yo`nalishi bo`yicha ilk qatnovni amalga oshirdi (foto)

' “Turkish Airlines” aviakompaniyasi “Istanbul — Samarqand —Istanbul” yo`nalishi bo`yicha ilk qatnovni amalga oshirdi (foto)'ning rasmi

Xabaringiz bor, 2017 yilning 30 oktyabr kunidan boshlab “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi “Samarqand – Istanbul – Samarqand” yo`nalishi bo`yicha muntazam reyslarni yo`lga qo`ygan edi.

Bugun "Samarqand" xalqaro aeroportida “Turkish Airlines” aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi boshchiligidagi turk delegasiyasini Samarqand shahar hokimiyati, O`zbekiston Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi, Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi elchisi, “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi xodimlari, OAV vakillari karnay-surnay sadolari ostida kutib olishdi.

Tadbirda Samarqand shahar hokimi Furqat Raximov, “Samarqand” xalqaro aeroporti direktori Hasan Movlonov, “Turkish Airlines” aviakompaniyasi boshqaruv raisi Bilal Ekshi hamda Turkiya Respublikasining O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Axmet Bashar Shenlar so`zga chiqib, uzoq yillardan buyon xalqlarimiz o`rtasida tarixan shakllangan qardoshlik va do`stlik munosabatlarini yuksak ekanligi va aynan mana shu munosabatlar ikki davlat o`rtasidagi aloqalarning mustahkam poydevori bo`lib xizmat qilishini ta`kidladilar.

O`tgan yilning oktyabr oyida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkiyaga davlat tashrifi davomida aytib o`tganlaridek, Samarqand va Istanbul shaharlari o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri havo qatnovlar ikkala mamlakat o`rtasida fuqaro aviasiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va muntazam qatnovlar sonini oshirishga tayyorligini tasdiqlaydi. Bu, nafaqat savdo-iqtisodiy, investision hamda sayyohlik sohalarining yangi imkoniyatlarini ochishga, balki ikki davlatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Yaqinda davlatimiz rahbari tomonidan Turkiya Respublikasi fuqarolari uchun viza tizimini soddalashtirish to`g`risidagi qabul qilingan qaror O`zbekistonga tashrif buyuruvchi turk fuqarolariga keng imkoniyatlar yaratdi.

Ta`kidlash joizki, hozirgi kunda Samarqand shahridan haftaning dushanba va payshanba kunlari, Toshkentdan esa, har kuni Istanbulga zamonaviy havo kemalarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.



    Boshqa yangiliklar