AsosiyJamiyat

Samarqandda IIB xodimlari aholiga kitob tarqatmoqda (foto)

'Samarqandda IIB xodimlari aholiga kitob tarqatmoqda (foto)'ning rasmi

Ichki ishlar vazirligining ko`rsatmasiga asosan Samarqand viloyatining har bir shahar va tuman ichki ishlar bo`limi boshlig`i sektorlarida kitob do`konlari ochildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bundan tashqari, aholi o`rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida, Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida IIB xodimlari tomonidan aholiga kitoblar tarqatilmoqda.

Kitoblar asosan kam ta`minlanganlar, nogironligi bor bo`lgan shaxslarga, maktabgacha ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktablarning faol hamda a`lochi o`quvchilariga tarqatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar