AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori tadbirkorlar bilan uchrashdi

'Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori tadbirkorlar bilan uchrashdi'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori Rashid Rahmatov tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni aniqlash, ularni bartaraf qilish va shu orqali yangi ish o`rinlarini yaratish yuzasidan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Nukus shahrida jami 7 ming 579 tadbirkorlik sub`ekti faoliyat olib borayotgan bo`lsa, joriy yilning o`zida 509 tadbirkorlik sub`ekti tashkil etilgan. 2017 yilda 3 ming 894 tadbirkorlik sub`ektiga tijorat banklari tomonidan 395 milliard 107 million so`mdan ortiq kredit mablag`lari ajratilgan. Joriy yilda ularga 450 milliard so`mdan ortiq kredit mablag`lari ajratilishi nazarda tutilmoqda. Natijada 3 mingdan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi.

Tadbirda tadbirkorlik sub`ektlari va fuqarolarning faoliyatidagi muammolar va takliflar eshitildi. Ko`rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar