Xalq ta`limi vaziri o`rinbosari Alisher Sa`dullaev o`zining Facebook’dagi sahifasida Samarqandda ro`y bergan fojiaga o`z munosabatini bildirdi. Barchadan bo`lar-bo`lmas gaplar emas, xolis ko`mak kutib qolishini ma`lum qilgan.
"Xalqimiz azaldan ustozlarni ardoqlab kelgan. Ilm tarqatuvchilarga berilgan e`tibor va ehtirom, Xudo xohlasa, o`z natijasini beradi. Har bir rahbar maktabda o`qigan hamda ustoz ko`rgan va ishonchimiz komil ular o`z ustozlarini ardoqlashadi. Hali bu kabi yumushlarni innovasiya orqali engillashtirish va katta yutuqlarga erishish mumkin. Buning uchun faqat o`qituvchilarga bor imkoniyatni yaratib berishimiz zarur shunda o`qituvchi emas innovasiya bizga echim bo`ladiIqtisodimiz gullab-yashnaydi. Yurtboshimiz ham xalqimiz g`amida tinim bilganlari yo`q. Xudo xohlasa, kunlar kelib bu kunlarni eslab yuramiz. Har qanday rivojlangan davlat ham ta`lim orqali rivoj topgan. Hamma do`stlarimizdan bo`lar-bo`lmas gaplar emas, xolis yondoshilgan ko`mak va talqin kutib qolamiz.Bas, etar! O`qituvchilarni tinch qo`ying. Hamma o`z ishini qilsin. Parlament a`zolari, deputatlar va boshqa davlat organlari kelinglar bir me`yoriy hujjat ishlab chiqaylik. Millat taqdiri-ku axir!", — deb yozgan vazir o`rinbosari.
Eslatib o`tamiz, joriy ilning 14-mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida ko`cha tozalash ishlariga jalb qilingan 23 yoshli Diana Enekeevani katta yo`ldagi to`siqlarni oqlash chog`ida yuk mashinasi urib ketgani, o`qituvchi zudlik bilan shifoxonaga olib borilganiga qaramay vafot etgani haqida xabar bergan edik.






