Toshkent shaxridagi podpolkovnik Odiljon Axrorov komandirlik kilayotgan xarbiy kismda "Noislomiy dinniy tashkilotlar va missionerlik faoliyatining salbiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati utkazildi. Unda muddatli xarbiy xizmatga yangi chakirilgan yoshlar, harbiy xizmatchilar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Unda ta`kidlanganidek, bugungi kunda yoshlarni dinniy ekstremizm, fundamentalizm, terorizm singari mudhish illatlar ta`siri va tahdididan himoyalash global muammolardan biri bo`lib qolayotir. Ayni paytda muqaddas Islom dinini o`ziga niqob qilib olgan radikal oqimlar bilan bir paytda turli noislomiy diniy tashkilotlar vakillarining ham faollashib borayotgani har birimizni ogohlikka va hushyorlikka chorlamog`i lodim.
– Bugun mamlakatimizda fuqarolarning e`tiqod erkinligi qonun bilan qo`riqlanmoqda, – deydi tadbirda so`zga chiqqan Islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi xodimi Nurullo Turambetov. – Konstutisimizga ko`ra, har bir inson qaysi dinga e`tiqod qilish-qilmaslikni o`zi hal qiladi. Diniy qarashlarning majburan singdiriliga yo`l qo`yilmaydi. Shunga qaramay, ayrim hamyurtlarimiz, ayniqsa yoshlarning missionerlar ta`siriga berilib, xalqimizning azaliy, pokiza e`tiqodidan yuz o`girayotganini aslo kechirib bo`lmaydi. Shu bois, bunday tadbirlarni ko`proq o`tkazib borish, har bir soha vakillari, xususan harbiylarni ham bu taxlit illatlar xavfidan o`z vaqtida ogoh etishimiz zarur.
Tadbir so`ngida missionerliknish ayanchli oqibatlarini ochib berishga karatilgan hujjatli film namoyish etildi.






