Navro`z — yangilanish, yasharish, bunyodkorlik, birdamlik va rizq-ro`z bayramidir. Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi kezmoqda. O`lkamizning barcha chekkalarida Navro`z bayram shodiyonalari keng nishonlanmoqda. Doshqozonlarda sumalaklar, halimlar tayyorlanmoqda.
Bayram arafasida "Darakchi" tahririyati va "Darakchi.uz" sayti "NAVRO`Z DARAKChI BILAN" degan fototanlovni e`lon qiladi.
Tanlov shartiga ko`ra siz Navro`z bayramini qanday nishonlayotganingizni suratga olib, ushbu raqamdagi telegramga +998 95 1946416 (@POCHTA_DARAKCHI) jo`natishingiz kerak bo`ladi.
Suratlar 22 martga qadar qabul qilinadi.
23 mart kuni 10ta eng sara surat tanlanib, "Darakchi.uz" saytida beriladi.






