AsosiyJamiyat

Barcha hududlarning markaziy ko`chalarida “Navro`z — 2018 marafoni” bo`lib o`tadi

'Barcha hududlarning markaziy ko`chalarida “Navro`z — 2018 marafoni” bo`lib o`tadi'ning rasmi

Joriy yilning 20 mart kuni O`zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O`zbekiston engil atletika federasiyasi hamkorligida “Navro`z” umumxalq bayrami munosabati bilan barcha hududlarning markaziy ko`chalarida “Navro`z — 2018 marafoni” bo`lib o`tadi.

Mazkur sport bayrami mahallalardagi uyushmagan yoshlar, ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan yigit-qizlar hamda ko`ngillilar o`rtasida engil atletika sport turining yugurish qoidalariga muvofiq o`tkaziladi.

2018 metr, 3 km, 21 km masofalarda o`tkazilishi rejalashtirilgan marafon soat 8.00 dan barcha hududlarning markaziy ko`chalarida start oladi.

Tashkilotchilar ma`lumot berishicha, 21 kilometrga birinchi kelgan 10 nafar, 3 kilometrga birinchi kelgan 3 nafar hamda 2018 metrga birinchi kelgan yana 3 nafar ishtirokchi velosiped mukofoti bilan taqdirlanadi.

Qolgan qatnashchilarga diplom, medal, faxriy yorliq va bayram sovg`alari ulashishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, 20 mart kuni Toshkent shahrida 8:00 dan 12:00 ga qadar Nukus ko`chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko`chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo`lgan ko`chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko`chalari)da harakatlanish cheklanadi.

    Boshqa yangiliklar