AsosiyJamiyat

Samarqandda yangi jamg`arma tashkil etiladi

'Samarqandda yangi jamg`arma tashkil etiladi'ning rasmi

Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg`armasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida ma`lum qilindi.

Tashkil etilgan mazkur jamg`armaning shakllantirish manbalari sifatida Samarqand viloyati hokimligi muassisligida tashkil etilgan tijorat tashkilotlarining ajratmalari davlat, chet el va xalqaro tashkilotlar tomonidan ajratilgan grantlar va boshqa qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar ko`rsatilgan.

Jamg`arma mablag`lari shu jumladan:

Samarqand viloyatida muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish va mahalliy ichki yo`llarni ta`mirlash;

ko`p qavatli turar joylarning umumfoydalaniladigan qismini ta`mirlash, bolalar va sport maydonchalarini barpo etish;

kam ta`minlangan va yosh oilalarga imtiyozli kreditlar olishda boshlang`ich badalni qisman yoki to`liq qoplab berish hamda maishiy texnika vositalariga bo`lgan birlamchi ehtiyojni qondirish maqsadlarida ishlatiladi.

    Boshqa yangiliklar