AsosiyJamiyat

Mudhish YTH oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, 7 nafar yo`lovchi jarohatlandi

'Mudhish YTH  oqibatida 3 kishi halok bo`ldi, 7 nafar yo`lovchi jarohatlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida 21 mart kuni soat 13:50 atrofida ro`y bergan yo`l-transport hodisasida 3 kishi halok bo`ldi, 7 kishi jarohatlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma`lum qildi.

Shu kuni N.Sarsenbaev Lacetti rusumli avtomobilini «Chirchiq—Yangibozor—O`rtasaroy» yo`lining 25-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan S.Ahmedov boshqaruvidagi Damas mashinasi bilan to`qnashuv sodir etdi.

S.Ahmedov voqea joyida, N.Sarsenbaev hamda Damas yo`lovchisi J.Tulegenova kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko`z yumdi.

Lacetti’ning bir, Damas’ning 6 nafar yo`lovchisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi

    Boshqa yangiliklar