AsosiyJamiyat

Bir insonning hayoti kimgadir o`yin bo`ldimi?

'Bir insonning hayoti kimgadir o`yin bo`ldimi?'ning rasmi

Inson bu yorug` olamga kelar ekan, taqdiriga bitilgan qismati hamda orzu-intilishlari bilan yaxshi yashashga harakat qiladi. Biroq hayotda turli holatlar, yaxshi-yomon kunlar bo`ladi. Boshga dard kelib, sabrni sinaydi. Ammo ajal hech kim bilan hisoblashmaydi.

Quyidagi voqea bir insonning taqdiriga bitilgan qismat edimi, yo`qmi bunisi bizga qorong`u.

2017 yil 25 sentyabr kuni Tomdi tumani tibbiyot birlashmasiga olib kelingan bemor X.X.ga etarli tibbiy yordam ko`rsatilmaganligi natijasida 27 sentyabr soat 08:30 larda shifoxonada vafot etadi. Ushbu jinoyat ishini tergov qilish jarayonida 1967 yilda tug`ilgan Zarafshon shahrida yashovchi, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasi boshlig`ining davolash ishlari bo`yicha o`rinbosari T.A. (ism-shariflar o`zgartirilgan) va 1988 yilda tug`ilgan Tomdi tumani Yangi Tomdi qo`rg`onida yashovchi, Tomdi tumani tibbiyot birlashmasi tez yordam bo`limi shifokori V.B. o`zaro jinoiy til biriktirib, fojiani yashirish maqsadida X.X.ning kasallik tarixiga bemorning ahvoli o`rtacha ekanligi to`g`risida qalbaki ma`lumotlar kiritib, kasallik tarixini soxtalashtirib, ekspertiza tekshiruvi uchun taqdim qilganliklari aniqlangan, deya xabar bermoqda Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

O`zA xabariga ko`ra, mazkur holat yuzasidan T.A. va V.B.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2 va 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar