AsosiyJamiyat

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ilmiy faoliyati o`rganildi

'Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ilmiy faoliyati o`rganildi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hayoti va ilmiy faoliyatiga bag`ishlangan tadbir bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov eng og`ir davrda O`zbekiston xalqi, uning tinchligi, odamlarning to`g`ri yo`ldan borishi uchun xizmatini ayamaganini ta`kidladi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 1970 yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasiga o`qishga kirgan. Keyin ta`limni Liviyada davom ettirgan. 1980 yilda oliy ilmiy muassasasini tamomlab, mamlakatimizga qaytgan. 1989 yil 6 fevralda O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari diniy idorasi muftiysi etib saylangan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning 120 dan ziyod nomdagi diniy-ma`rifiy kitoblari nashr etilgan. U asos solgan “Hilol nashr” nashriyoti va shu tizimdagi kitob do`konlari mo`min-musulmon xalqimizning eng zarur ehtiyojini ta`minlab kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar