Qoraqalpog`iston Respublikasida soha ravnaqiga alohida e`tibor qaratilmoqda. Maqsad bu erda zamonaviy turizm tizimini yo`lga qo`yib, yurtimiz va xorijlik sayyohlarga namunali xizmat ko`rsatishdir. 2018–2019 yillarda ko`zda tutilgan 42 loyiha aynan shunday maqsadlarga qaratilgan, deb yozadi O`zA.
«Ayni paytda Qoraqalpog`istonda 34 turistik tashkilot faoliyat yuritmoqda, — deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasining Qoraqalpog`iston hududiy boshqarmasi boshlig`i Bayram Qusekeev. — Bu esa hududimizning sayyohlik imkoniyatlaridan dalolat beradi. Hozirgi kunda sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga monand yana bir loyihani rejalashtirganmiz. Bu Kuvaytning mahalliy televidenielarida Qoraqalpog`iston Respublikasining turistik salohiyatini faol targ`ib qilishdir. Bu loyiha amalga oshirilsa, hududimizga keluvchi xorijlik sayyohlarning soni yanada ko`payadi».






