Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida 31 yoshli erkak avtomashina ichida o`zini yoqib yubordi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasib xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, 28 mart kuni soat 16.10 larda, G`azalkent shahar Amangeldi ko`chasida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan J.Komilov mast holda Ibn Sino ko`chasida tanishi, 1987 yilda tug`ilgan Sh.Husanov boshqaruvidagi “VAZ-2101” rusumli avtomashinasi salonida o`z joniga suiqasd qilib, o`zining ustidan benzin yoqilg`isini quyib, o`t qo`yib yuborgan.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan. Yong`in oqibatida avtomashina saloni qisman yonib, zarar ko`rgan va J.Komilov hamda haydovchi Sh.Husanovlar kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilganlar.