Tayland ma`muriyati Ayuttayi turistik kompleksiga kirishni chegaralab qo`yishga majbur bo`ldi, deya ma`lum qilmoqda RIA Novosti nashri.
Bunga sabab – ko`hna Siam qirolligining poytaxti Ayyuttayida kechgan voqealardan so`ylovchi “Love Destiny” (“Taqdir muhabbati”) serialining aholi o`rtasida mashhurligidir.
Hozirda qadamjoni kuniga o`ng mingga yaqin turistlar ziyorat qsilishmoqda. Ammo sayyohlar qoidalarga amal qilmayaptilar: ular devorlarga osilib chiqishadi, bu esa imoratlarning nurab, emirilishiga sabab bo`lmoqda.







