1

Chiroqchida tibbiyot muassasasi xodimi maktab o`quvchisini urib o`ldirdi

Jinoyat 16.04.2018, 17:03
Chiroqchida tibbiyot muassasasi xodimi maktab o`quvchisini urib o`ldirdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 14 aprel kuni soat taxminan 20.00da “Dam” qishlog`ida yashovchi Chiroqchi tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limi sanitari, 1994 yilda tug`ilgan J. Qo`ldoshev shu qishloq hududida o`zaro janjal oqibatida hamqishlog`i, o`rta maktab o`quvchisi 2004 yilda tug`ilgan Q. Valievni tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, Q. Valiev olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko`z yumgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, J. Qo`ldoshev qo`lga olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1