1

Korxona hisobidan 89.400 AQSh dollarni o`margan xaker qo`lga olindi

Jinoyat 23.04.2018, 11:22
Korxona hisobidan 89.400 AQSh dollarni o`margan xaker qo`lga olindi

Toshkent shahrining M.Ulug`bek tumanida korxona hisobidan 89.400 AQSh dollarni o`margan xaker qo`lga olindi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"20 aprel kuni tuman IIBga tushgan xabarga ko`ra, 2017 yil yanvar oyidan noyabr oyiga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida Qorasuv bo`yi ko`chasi 117-uyda yashovchi, “Fido Biznes” MChJ etakchi dasturchi mutaxassisi, 1982 y.t. I.Muxametxanov kompyuter tizimiga g`ayriqonuniy yo`l bilan kirib, bank hisobidagi raqamdan 89.400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni konversion kartalarga o`tkazish yo`li bilan yashirin ravishda o`g`irlaganligi ma`lum bo`lgan. I.Muxametxanov ushlangan", - deyilgan xabarda.


Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1