1

​Qashqadaryo va Surxondaryodan kelib, Toshkentda talonchilik qilgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 23.04.2018, 14:16
​Qashqadaryo va Surxondaryodan kelib, Toshkentda talonchilik qilgan shaxslar qo`lga olindi

Toshkent shahrining M.Ulug`bek tumanida 18 aprel kuni soat 03.00larda noma`lum shaxslar Markaz 2-dahasida joylashgan shahobcha oldida 1995 y.t. U.Tursunqulovni kuch ishlatish yo`li bilan qo`rqitib, “Samsung” va “I Phone” mobil telefonlari hamda pullarini olib ketganlar.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bremoqda.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Chiyalik qishlog`ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1990 y.t. S.Olmosov va Surxondaryo viloyati Sho`rchi tumani Paxtakor ko`chasi 10-uyda yashovchi, 1995 y.t. J.Nurmatovlar sodir etganliklari aniqlanib qo`lga olinganlar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1