AsosiyJinoyat

Qarshida plastik kartochkalardan pullarni o`zlashtirgan firibgar ushlandi

'Qarshida plastik kartochkalardan pullarni o`zlashtirgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida plastik kartochkalardan pullarni o`zlashtirgan firibgar ushlandi, deb xabar bermoqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

"24 aprel kuni shahar IIBga tushgan hujjatlarga ko`ra, Nishon tumani Paxtaobod mahallasida yashovchi, “Muxiddin asali” xususiy asalarichilik korxonasi rahbari, M.Elamanov 2017 yil 15 may kuni Qarshi shahrida yashovchi, D.Jo`raevani hisobida 283 mln. so`m puli bo`lgan bank plastik kartochkasini hamda 2017 yil 6 iyun kuni Qarshi shahrida yashovchi, O.Hudoyqulovni hisobida 50 mln. so`m puli bo`lgan bank plastik kartochkalarini olib, naqd pul qilib berishini aytib, aldash yo`li bilan ishonchiga kirib, plastik kartochkalarini olib ketib, D.Jo`raevaning 160 mln. so`m puli va O.Hudoyqulovning 50 mln. pullarini shu kungacha qaytarib bermay o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko`rsatilgan", - deyilgan vazirlik xabarida.

M.Elamanov ushlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar