AsosiyJinoyat

Toshkentda sodir etilgan YTHda 6ta avtomashina shikastlandi

'Toshkentda sodir etilgan YTHda 6ta avtomashina shikastlandi'ning rasmi

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 26 aprel kuni soat 01.45larda, Samina Duschanova o`zining “Kaptiva” 01 G` 289 RA d.r. avtomashinasini katta tezlikda boshqarib, “Shahrisabz-Katta Mirobod” ko`chalari chorrahasidagi aylana yo`lni kesib o`tib, shu aylana yo`lga kirib kelayotgan, “Mersedes-Bens” rusumli avtomashinasini urib o`tib, harakatini davom ettirib, yo`l chetida turgan, X.Xalikov boshqaruvidagi “Lasetti”, Sh.Boltaevning “VAZ-21063”, A.Majidovning “Neksiya” avtomashinasi hamda U.Abdullaevning “Matiz” avtomashinalarini orqa tomoniga urilib, to`qnashuv sodir etgan.

Natijada “Kaptiva” avtomashinasi haydovchisi S.Duschanova va “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi X.Xalikovlar turli darajadagi tan jarohatlari olib, ularga kasalxonada tibbiy yordam ko`rsatilgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar