AsosiyJamiyat

Metro bekati va san`at saroyiga «Xalqlar do`stligi» nomi qaytariladi (video)

'Metro bekati va san`at saroyiga «Xalqlar do`stligi» nomi qaytariladi (video)'ning rasmi

Prezident tashabbusi bilan poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi ko`cha Shomahmudovlar nomi bilan qayta nomlanadi, deya Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida xabar qildi.

Bu haqda Shavkat Mirziyoev payshanba kuni o`tgan videoselektor yig`ilishida ma`lum qildi.

"Urush paytida Ukraina, Belorussiya va Rossiyadan turli millatga mansub 1 milliondan ortiq aholi, shu jumladan 200 ming nafar yosh bolalar O`zbekistonga evakuasiya qilingan. Xalqimiz ularga mehr berib, boshpana, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta`minlagan.

Ayniqsa, juda ko`p o`zbek oilalari etim bolalarni o`ziga farzand qilib olib, tarbiyalagan. Ana shulardan biri – 14 ta etim bolani o`z tarbiyasiga olgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov xonadonidir.

Er yuzida juda kamdan-kam davlat va millat bunday yuksak insoniy fazilatlar bilan g`ururlanishi mumkin. Vaqt o`tgan sari Shomahmudovlar oilasi ko`rsatgan bu qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda.

Tarixiy haqiqatni qaror toptirish, xalqimizning ezgu fazilat va qadriyatlarini abadiylashtirish uchun, Shomahmudovlar oilasiga bag`ishlangan “Xalqlar do`stligi” deb nomlangan yodgorlik ansamblini poytaxtimiz markazidagi maydonga qaytarsak, adolatli bo`ladi.

Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ko`chaga Shomahmudovlar nomi qaytariladi. Metro bekati, san`at saroyi va maydonga “Xalqlar do`stligi” nomi qaytadan beriladi. Bizning bag`rikengligimiz ota-bobolarimizdan qolgan va qoladi. Ilohim, bolalarimizga ham o`tsin".

    Boshqa yangiliklar