AsosiyJamiyat

Samarqand viloyat xotin-qizlar qo`mitasiga yangi rais saylandi

'Samarqand viloyat xotin-qizlar qo`mitasiga yangi rais saylandi'ning rasmi

Samarqand viloyat xotin-qizlar qo`mitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yig`ilishi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, Xotin-qizlar qo`mitasi raisi T.Norboeva ishtirok etgan majlisda tashkiliy masala ko`rildi.

O`zA xabariga ko`ra, Marhabo G`afurova o`z arizasiga ko`ra Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha Kattaqo`rg`on shahar Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Shodieva Hamrotosh Normurodovna Samarqand viloyati hokimi o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

    Boshqa yangiliklar