O`zbekiston Afg`onistonga umumiy qiymati 5,7 million dollar bo`lgan 121 dona reanimasiya avtomobillari etkazib beradi.
O`zavtosanoateksport AJ O`zbekiston-Afg`oniston savdo uyi bilan birgalikda shanba kuni 12 ta Isuzu avtomobillarini Afg`oniston sog`liqni saqlash vazirligiga topshirdi.
"Ushbu avtomobillar Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan. Ularni etkazib berish bo`yicha shartnoma o`tgan yilning dekabrida imzolangan edi. Barcha avtomobillar 2018 yil davomida etkazib berish rejalashtirilgan", — deyilgan Tashqi savdo vazirligi xabarida.
Eslatib o`tamiz 2018 yilning yanvar oyida O`zbekiston Afg`onistonga 25 ta Isuzu avtobuslari uchta New Holland traktorlari va boshqa texnika etkazib bergan edi.
O`zbekiston va Afg`oniston orasida ikki tomonlama aloqalar rivojlanib va tobora kengayib bormoqda. 2017 yil yakunlariga ko`ra o`zro savdo hajmi 15%ga o`sgan edi. 2018 yilning boshida ushbu ko`rsatgich, yillik hisobda yana 30 %ga o`sish namoyish qildi.






