28 aprel kuni Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Buxoro shahrida yashovchi N.Nasrullaev telefon orqali murojaat qildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar beradi.
Xabarga ko`ra, shaharning Mustaqillik ko`chasidagi ko`p qavatli uyda texnik nosozlik sababli lift ishdan chiqqan, kabinada esa uch nafar voyaga etmagan bolalar qo`rquv holatida yordam so`rashgan.
Boshqarma qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga etib borishdi, maxsus qutqaruv asboblari yordamida lift eshigi ochilib bolalar chiqarib olindi. Bolalar sog`-salomat ekanligi haqida xabarda ma`lum qilingan.






